Navoiy viloyatining Nurota tumanida Nexia-2 haydovçisi eʼtiborsizligi sabab boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtomobil ağdarilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, Jizzax viloyatiga tegişli bölgan Nexia-2 rusumli avtomobil Foriş—Nurota yönalişi böyiça harakatlanib kelayotib, haydovçi tezlikni hisobga olmagani natijasida yölning xavfli buriliş qismida ağdarilib ketgan.
Yöl transport hodisasi oqibatida haydovçining maşina içida yölovçi sifatida ketayotgan 1946 yildan tuğilgan onasi voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nurota tumani IIB Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkent—Öş yölida ikki Isuzu yuk maşinasi töqnaşib, ulardan biri ağdarilib ketgani, Surxondaryoda Nexia va Matiz töqnaşuvi oqibatida bir kişi vafot etgani, Qaşqadaryoda Lacetti bilan töqnaşgan Cobalt ağdarilib ketgani töğrisida xabar berilgandi.









