Namanganda Lacetti avtohalokatga uçrab, ağdarilib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Davlatobod tumani Islom Karimov köçasidan Töraqörğon yönalişiga yuqori tezlikda harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli transport vositasi haydovçisi çorrahada svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan Cobalt rusumli avtomaşinaning orqa qismiga urilgan. Oqibatda Lacetti ağdarilib ketgan.
Maʼlum qilinişiça, hodisa oqibatida har ikkala avtomaşina texnik şikastlangan, jabrlanganlar yöq.









