Viloyat prokurorining uçqörğonga taşrifi

Viloyat prokurorining uçqörğonga taşrifi

?️Namangan viloyat prokurori Jaxongir Xatamovning karantin talablariga rioya qilgan holda aholi bilan şaxsiy qabullari ötkazib kelinmoqda.

Xususan, Uçqörğon tumanida ötkazilgan sayyor qabulda imtiyozli şartlarda haydovçidik guvohnomasi oliş, işga joylaştiriş, kredit, moddiy yordam ajratiş, qarzdorlik va aliment undiriş kabi boşqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça jami 15 nafar fuqarolar iştirok etib, ularning murojaatlari tinglandi.

? Kelib tuşgan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 8 ta murojaatlar örganiş uçun vaqt talab qilinganligi bois, viloyat prokurori tomonidan ijrosi nazoratga olindi.

Misol uçun, viloyat prokuroriga murojaat qilgan fuqaro B.N.ni tumandagi "Qozoqovul" MFYga jamoatçi-yordamçi vazifasiga işga joylaştirilişi taʼminlandi.

Şuni alohida qayd etiş joizki, murojaatlarni körib çiqişda uzoq vaqtdan buyon yeçimini topmayotgan muammolarni hal etişga, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlarini amalda tiklanişiga alohida eʼtibor qaratildi.

×