Prezidentning Namangandagi taşrifi nihoyasiga yetdi

Prezidentning Namangandagi taşrifi nihoyasiga yetdi

Özbekiston Prezidenti Namangan şahridagi 26-Mehribonlik uyida böldi. Şaroitlarni közdan keçirib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalar bilan suhbatlaşdi.

“Sizlar hammalaring mening farzandlarimsizlar. Hayot juda murakkab. Şuni bilinglarki, bugun oğir kunlar bölsayam, Alloh taoloning yoruğ kunlari bor. Sizlarning qiynalganlaring, oilani eslaşlaring, orzu-umidlaring ortida Xudoning marhamati, ertangi quvonç bor. Bu dunyoda kim baxtli bölişini kelajak körsatadi. Sizlarning baxtli bölişingiz uçun hayotlaringizga doimiy asos yaratişni öylayapmiz. Bir martalik emas, qonun jihatidan. Bu yerni tamomlagandan keyin uy bilan taʼminlanib, farovon yaşaşingizni qonun bilan himoyaga olamiz. Tinçlik-osoyiştalikda sizlarning baxtingizni köriş nasib etsin”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident «Saxovat» uyini ham borib kördi. Uning binosi 1982 yilda qurilgan.

“Menga Özbekistonning har bir fuqarosi birdek qadrli. Bugun juda oğir kun böldi, köp masalalarni muhokama qildik. Samolyotga ötirib, qaytiş oldidan könglimdan sizlar ötdingiz. Şu muammoni hal qilmasdan ketamanmi, deb öyladim. Menga “Saxovat” uylariga ehtiyoji bölgan nuroniylardan juda köp xatlar keladi. Şularni inobatga olib, ijtimoiy himoyani kuçaytiramiz. 4 oy içida Namangan şahrida “Saxovat” uyi uçun yangi bino qurib beriladi. Sizlar munosib şaroitlarda yaşaysiz,  davolanasiz. Sizlarga soğliq va uzoq umr tilayman”, – dedi davlatimiz rahbari.

Şuning bilan Prezidentning Namangan viloyatiga taşrifi nihoyasiga yetdi.

×