Prezidentning tarixiy taşrifi yakunlandi

Prezidentning tarixiy taşrifi yakunlandi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AQŞga amaliy taşrifining tadbirlarga ğoyat boy dasturi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari Nyu-York şahrida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq sözlab, Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga alohida töxtaldi hamda global va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yeçimiga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qöşma Ştatlari yetakçilarining «S5+1» formatidagi birinçi sammiti bölib ötdi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qöşma Ştatlar Prezidenti Jozef Bayden ikki tomonlama uçraşuvda davlatlararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini körib çiqdilar.

Bundan taşqari, davlatimiz rahbari Yevropa kengaşi Prezidenti Şarl Mişel, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol, Pokiston Boş vaziri vazifasini bajaruvçi Anvar Kakar, şuningdek, nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari – BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş, Xalqaro valyuta fondi boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon savdo taşkiloti boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Jahon banki guruhi prezidenti Adjay Banga, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muzokaralar ötkazdi.

Taşrifning işbilarmonlik dasturi ham voqealarga boy böldi. Özbekiston yetakçisi AQŞ biznesi vakillarining Özbekiston-Amerika savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boşçiligidagi delegatsiyasi hamda yirik transmilliy kompaniya va korporatsiyalar - «Air Products», «Citigroup», «SNH», «Boston Consulting Group», «GE HealthCare», «Oppenheimer», «Cerberus», «Cintana» rahbarlari bilan uçraşdi.

Taşrif dasturidagi tadbirlar yakunlangaç, Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentga jönab ketdi.


×