Sinoptiklar dam oliş kunlari kutilayotgan ob-havo prognozini maʼlum qildi. Ayrim hududlarda yomğir yoğişi mumkin.
Özgidromet xabariga köra, 24-25 sentyabr kunlari Özbekistonda quyoşli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat +32…+34 darajagaça kötariladi, bu uşbu kunlar meʼyoridan 4-6 daraja yuqori hisoblanadi.
26 sentyabr
kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelişi saqlanib turadi, keçasi harorat +15…+17 darajani, kunduz kuni +35…+37 darajani taşkil etadi.
Yakşanba kuni respublikaning şimoliy hududlariga Volgaböyi hududlaridan salqin havo kirib kelişi boşlanadi. Keçga tomon Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçasi +7…+12 darajagaça, kunduz kuni +20…+25 darajagaça pasayadi.
Duşanba kuni salqin havo Özbekistonning barça hududiga tarqaladi. Respublika böyiça harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinçi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati +23…+27 daraja, keçasi +12…+15 daraja atrofida böladi.
26-27 sentyabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelişida bulutli qatlamlar köpayadi va baʼzi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi. Haftaning ikkinçi yarmida havo haroratining yanada pasayişi kutilmoqda.









