Özim ham uysizlik azobini his qilganman – Şavkat Mirziyoyev

Özim ham uysizlik azobini his qilganman – Şavkat Mirziyoyev

Bugun, 28 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatining Bağdod tumaniga keldi.

Tumanda 218 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Uzoq vaqt qurilişga eʼtibor bölmagani tufayli odamlarning uy-joyga ehtiyoji yuqori edi. Şu bois oxirgi yillarda bu yerda ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda.

Jumladan, tumanning Guliston mahallasida ötgan yili 7 ta köp qavatli uy qurilgan edi. Bu yil 61 ta şunday turar joy barpo etildi.

Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi.

Mahallada insonlar uçun kerakli hamma ijtimoiy obʼektlar qulay joylaşgan. Fuqarolar yiğini binosi, yoşlar uçun kovorking markazi, savdo va maişiy xizmat majmuasi yonma-yon. 420 örinli maktab, 150 örinli boğça, oilaviy poliklinika, madaniyat uyi, sport majmuasi barpo etilgan. Köp qavatli uylar oldida bolalar maydonçalari taşkil qilingan.

Hudud zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlangan. Içki yöllar asfaltlanib, atrof obodonlaştirilmoqda.

Gulistonliklar tadbirkorlik, parrandaçilik va dehqonçilik bilan şuğullanadi. Mahalla yaqinidagi kiçik sanoat zonasi, yuz gektardan ziyod issiqxonalar buning uçun qulay şaroit yaratgan. Uyma-uy yurib, muammolar örganilişi natijasida 205 nafar işsiz fuqaro kiçik sanoat zonasiga, yuzlab yoşlar issiqxona majmuasiga işga joylaştirilgan.

Prezident şu yerda mahalla faollari, bağdodlik nuroniylar bilan suhbatlaşdi.

“Hududlarimiz şunday rivojlanayotgani, odamlar uyli, işli bölayotganini köriş menga xursandçilik bağişlaydi. Musofir bölmagunça musulmon bölmas, degan gap bor xalqimizda. Özim ham köp yillar musofirçilikda yaşab, işlab, uysizlik azobini his qilganman. Hozir ham odamlarning muammosini yuragimdan ötkazib, ularga yeçim topiş uçun özimni qiynayman. Şuning uçun hamma joyda uylar qurayapmiz, mamlakatimizdagi har bir oila uyli-joyli bölsin, deb harakat qilayapmiz. Fuqarolar manfaati – mening manfaatim”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mahalladagi yangi uylardan biriga köçib kelgan Abduqahhor ota va Oyzoda aya xonadonida böldi. Ular tört farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan.

Köpni körgan bu insonlar bilan yoşlar tarbiyasi, bugungi taʼlim va tadbirkorlik imkoniyatlari, tinçlik va şukronalikning ahamiyati haqida samimiy suhbat böldi.

Uşbu mahalla namunasi asosida, Yozyovon, Oltiariq  va Farğona tumanlarida ham 4-5 ming xonadonli “yöldoş” şaharçalar bunyod etiş maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

×