“Omikron” bolalar uçun köproq xavf tuğdirişi mumkin

“Omikron” bolalar uçun köproq xavf tuğdirişi mumkin

Olimlar uşbu ştamm haqida yangi xulosani aytdi.

Dunyoda pandemiya davrida koronavirusga çalinganlar soni 307 million nafarga yetdi. Şundan qariyb 5,5 million kişi uşbu xastalik tufayli hayotdan köz yumgan.

Umumiy kasallaniş körsatkiçlari böyiça birinçi örinda AQŞ (60,2 mln.), ikkinçi örinda Hindiston (35,7 mln.), uçinçi örinda Braziliya (22,5 mln.) va törtinçi örinda Buyuk Britaniya (14,5 mln.) turibdi.

Infektsiyaga çaliniş bilan boğliq kunlik statistikada esa ötgan haftaga nisbatan pasayiş kuzatilmoqda. Keça jahonda jami 2 millionga yaqin yangi holat qayd etilgani sözimiz tasdiğidir. Vaholanki, 7 yanvar kuni bu körsatkiç 2,9 millionga yaqinlaşgandi.

Xususan, 9 yanvar holatiga köra, AQŞda 446 mingdan ziyod, Frantsiyada 296 ming, Braziliyada 200 ming, Hindistonda 179 ming, Buyuk Britaniyada 141 ming nafar bemorda “SOVID-19” aniqlangan. Kasallaniş holatlarining aksariyatini “omikron” ştammi taşkil etmoqda.

Rossiyalik taniqli virusolog olim Aleksandr Çepurnov keça uşbu ştamm haqida yangi xulosani aytdi. Uning fikriça, mazkur mutatsiya inson tanasida boşqa infektsiyalar bilan bir vaqtning özida birlaşişga qodir. Bu bemor bir paytning özida koronavirusning ikki varianti bilan kasallanişi mumkinligini anglatadi.

Kiprda aniqlangan holat ham mutaxassislar eʼtiborini jalb qildi. Bu yerda bir guruh mahalliy olimlar tomonidan “delta” va “omikron” ştammlari gibrididan iborat koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Tadqiqotçilar unga "deltakron" nomini berişdi.

Kiprlik virusologning sözlariga köra, yangi variant “delta” kabi genetik asosga ega, biroq uning bir qator mutatsiyalari “omikron” bilan bir xil.

Hindistonlik olim Animeş Arya “omikron” köproq bolalar uçun xavf tuğdiradi, degan fikrda. Uning qayd etişiça, bolalarning nafas oliş yöllari kattalarnikiga nisbatan kiçikroq. Yangi ştamm köproq yuqori nafas yöllariga taʼsir körsatayotganini hisobga olsak, u jajji bemorlar soni ortişiga olib kelişi mumkin.

“Omikron”ning paydo bölişi pandemiyaning eng ötkir bosqiçi yakunlaniş arafasida ekanligini anglatadi, deb bayonot berdi Janubiy Afrika Respublikasi olimlari.

Bu xulosaga kelişdan avval mutaxassislar guruhi kasalxonada tadqiqot ötkazişgan. Sönggi paytlarda koronavirusga çalingan 466 nafar bemor va ança avval virusdan soğaygan 3976 nafar kişining maʼlumotlari tahlil qilingan.

Aniqlanişiça, pandemiyaning yangi tölqini davrida bemorlarning atigi 4,5 foizi kasalxonada vafot etgan. Bu körsatkiç avvalgi tölqin paytida 21 foizni taşkil etgan. Şuningdek, jonlantiriş bölimlariga yotqizilganlar soni keyingi paytlarda keskin kamaygan. Bemorlarning statsionar şaroitda soğayişi ham örtaça 8-9 kundan 4 kunga qisqargan.

×