Kosonsoyda öz qarindoşi qöylarini ömargan şaxsga hukm öqildi.

Kosonsoyda öz qarindoşi qöylarini ömargan şaxsga hukm öqildi.

Kosonsoylik Voxid Nazirov 20 yoşda, qarindoşi Nosir Pölatov 25 yoşda. Ayni navqiron yoşida bölgan bu ikki qarindoş qişning çillasida boşlarini qaşlab qayerdan pul topişni öylab qolişdi. 

-Menga qara, Nizom amakivaççamda bir qança qöylar bor, şulardan 5-6 tasini biror joyga olib borib qöyib, keyin pullavorsakçi,-dedi Voxid Nosirga. Sen joyni va maşinani gaplaşib qöy, keçqurun borib olib kelamiz, bunaqa fikr hadeb kelavermaydi. Nosir ham özidan kiçik bolaning bu bemaza taklifiga rozi böldi va ertasiga tumandagi Mudofaa bölimi oldida körişib, bir fuqaroning “Moskviç” rusumli maşinasida amakivaççaning qöyxonasiga borişdi. qöylarni yuklayotganda maşina haydovçisi ularga bu qöylar öğirlik emasmi degansavoliga esa ikkovlari “özimizning boğdan, çöponga boqtirgani olib borib beramiz”-degan mazmundagi javobni berişdi-yu, baribir haydovçining köngli biroz hijil bölib qoldi. 

Hartugul “Moskviç”ga 5 boş qöy siğdirildi va avvaldan kelişib qöyilgan tanişlari Yöldoşxonning uyiga olib borib taşlaşdi. Yöldoşxonga ham bu qöylarni boqib berib turişlikni, zaruriyat bölsa sotişlarini aytib ötişdi. 

Nizomjon mevali boğida dehqonçilik qiliş bilan birga çorvaçilik bilan şuğullanar, odatda çorva hayvonlari turgan joyni eşigini qulflab ketardi. Ertasi kuni kelganida, qöyxona eşigidagi qulf buzilib, 5 boş qöylar yöqliginini körgan. Şu zahoti tuman IIB ga xabar bergaç, oradan heç qança ötmay qöylarini “tuya qilganlar” özining qarindoşlari ekanligini bilib hayron qoldi va nahotki-deya oldi xolos. Içki işlar xodimlari zudlik bilan suriştiruv işlarini olib borganliklari, qidiruv uslublari iş berib darhol ikki şovvozni iziga tuşişdi va qöylarni qayerga yaşirdinglar degan savolga darhol javobni olişdi. 

Sud adaşgan kimsalarga jazo tayinlaşda ayblariga töliq iqror va puşaymonligini, oilaviy şaroitlarini, jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar qoplanganini, yaşaş joyidan ijobiy tasiflanganini, jabrlanuvçining daʼvosi yöqligini, muqaddam sudlanmaganliklarini, kelgusidagi taqdirlarini alohida eʼtiborga olib, ularga nisbatan jarima jazosi tayinlaşni lozim topdi. Yaʼni, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “v,g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topib, har biriga eng kam oylik iş haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Biz ham yuqoridagi holatlarni inobatga olib ularning ism-şariflarini özgartirdik. 

Endi bu kimsalar qarindoşi tugul begonaning ham mulkiga köz olaytirmasalar böldi. 

Xurşidbek ZOKIRJONOV,  Kosonsoy tumani prokurorining yordamçisi

Manba: "Namangan haqiqati" gazetasi

×