Şavkat Mirziyoyev nomidan akkaunt oçgan şaxsga sud hukmi öqildi

Şavkat Mirziyoyev nomidan akkaunt oçgan şaxsga sud hukmi öqildi

Hozirgi kunda telekanallar orqali köplab kiberjinoyatlar sodir etilayotganligi haqida maʼlumot berib borilyapti. Ulardan köpçiligi kartalardagi pullarni noqonuniy ravişda aldov yöli bilan öğirlaşgan bölsa, maqolamizning qöştirnoq içidagi qahramoni Facebook ijtimoiy tarmoği orqali Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomidan soxta profil oçib, fuqarolar bilan muloqotga kirişgan. Ayblanuvçi suhbat jarayonida özini Özbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi rahbari deb taniştirib, tarmoq foydalanuvçilariga turli masalalarda, ayniqsa, uy-joy va bank kreditlari ajratiş böyiça amaliy yordam körsatişini vaʼda qilib, fuqarolardan 50 ming sömdan 1,5 mln sömgaça bölgan pul mablağlarini bank plastik kartasiga tuşirgan holda özlaştirib, firibgarlik yöli bilan talon-taroj qilgan. Tezkor qidiruv tadbirlari davomida firibgar qölga olindi.

Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi boşliğining matbuot kotibi Bobur Tulyaganovning telegram kanalida maʼlum qilindi.

1982 yili Surxondaryo viloyatida tuğilgan, vaqtinça Çirçiq şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro tomonidan iqtisodiyot sohasi jinoyatlari turkumiga kiruvçi firibgarlik jinoyatini sodir etgani holati yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

Mazkur holat yuzasidan töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudi tomonidan körib çiqildi. Sud hukmiga köra, 1982 yilda tuğilgan gumonlanuvçi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «B» bandi bilan uzil-kesil uç yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va uç yil muddatga butunjahon internet tarmoğidan foydalanişni çeklaş jazosi tayinlandi.

×