Qoraqalpoğistonda brakonerlar Qizil kitobga kirgan 14 boş jayronni öldirdi

Qoraqalpoğistonda brakonerlar Qizil kitobga kirgan 14 boş jayronni öldirdi

Joriy yilning 12 dekabr kuni Qoraqalpoğistonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan 10 dan ortiq jonivorni otib öldirgani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Ekologiya qömitasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpoğiston Ekologiya qömitasining Nukus şahar, Taxiatoş, Taxtaköpir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtaköpir tumanida tezkor reyd tadbirlari amalga oşirilgan. Tadbir davomida taxminan soat 14:00 larda Taxtaköpir tumani “Qönğirotköl” OFY çöl zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan nomaʼlum şaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang (belaya noç) avtomaşina bilan turgani aniqlangan. Nomaʼlum şaxslar inspektorlarning yaqinlaşayotganligini körib qolib, voqea joyidan yaşiringan. Inspektorlar nomaʼlum şaxslarning 5 km masofagaça izidan borgan. Noʼmalum şaxslar davlat inspektorlaridan qoçib ketişga ulgurgan.

Taxtaköpir tumani çöl zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan nomaʼlum şaxslar turgan joy közdan keçirilganda voqea joyidan noʼmalum şaxslarga tegişli otilgan patron gilzasi, idiş-tovoq, xöjalik buyumlari bölgan piçoq, bolta, yoqilği, qiyim-boşlar hamda Qizil kitobga qiritilgan 14 dona jayronlar, 5 dona yovvoyi quyonlar taşlab ketilganligi aniqlangan.

Davlat inspektorlari tomonidan uşbu holat yuzasidan tegişli tartibda dalolatnoma tuzilib, voqea joyi video tasvirga olingan.

Yuqoridagi holat böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasiga xabar qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.

×