Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridan Namanganga uçgan samolyot Nijniy Novgorod şahrida favqulodda qöndi.
Namangan xalqaro aeroporti Matbuot xizmati xabariga köra, “Aeroflot” aviakompaniyasining A-320 rusumli havo kemasi Sankt-Peterburg-Namangan yönalişida parvozni amalga oşirayotgan vaqtida yölovçilardan birida muddatidan oldin tölğoq jarayonlari boşlangan.
Havo kemasi kuzatuvçilarining aytişiça, tuğriq jarayonlari yölovçi (tibbiyot xodimi) M. K. boşçiligida amalga oşirilgan. Unga yölovçilardan G. M. hamda havo kemasi kuzatuvçilari Darina Protasova va Varvara Borokova yordam berişgan va öğil farzand dunyoga kelgan.
Şu sababli havo kemasi Nijniy Novgorod şahriga favqulodda qönişni amalga oşirdi hamda ona va bola tibbiyot xodimlari nazoratiga topşirilgan.
Şundan söng havo kemasi Namangan yönalişi böyiça öz parvozini amalga oşirgan.









