Superliga 14-turidan örin olgan "Surxon" - "Nasaf" (1:3) uçraşuvidan söng qarşiliklar ustozi Röziqul Berdiyev öz fikrlarini bildirib ötdi.
"Öyin rejamiz asosida ötdi va yigitlar ğalabaga haqli edi. Töp nazorati, öyinning borişi va hisob böyiça ham ustunlikka erişdik va şu bois ğalabani qölga kiritdik. Bugungi raqibimiz tajribali futbolçilarga ega bölgan kuçli jamoa edi.
"Surxon" birinçi davrada yomon öyin körsatmadi. Ammo hozirgi özgarişlar jamoaga qançalik foyda beradi, buni vaqt körsatadi. Klubning olib borayotgan siyosatini köllaymiz, lekin uning töğri yoki notöğriligiga aralaşişga haqqimiz yöq", - dedi Berdiyev.









