Namanganda kaltaklangan öquvçi işini Prokuratura nazoratga oldi

Namanganda kaltaklangan öquvçi işini Prokuratura nazoratga oldi

2022 yil 13 oktyabr kuni Davlatobod tumanidagi 58-sonli maktab öqituvçisi özi rahbarlik qilib kelayotgan sinf, yaʼni 5-V-sinf öquvçisi (2011 y.t.) boşqa öqituvçilarning dars vaqtida özining noörin xatti-harakatlari bilan qolgan öquvçilarga xalaqit berib kelayotganligini eşitib qolgan. Tanaffus paytida uni tartibga çaqirmoqçi bölganida, öquvçi sinf rahbarini mensimasdan gap qaytargan. Şundan söng, öqituvçi jahl ustida öquvçining badanini turli joylariga bir neça marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Boş prokuratura Axborot xizmati xabariga kşçra, tekşiriş harakatlari Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. XTV Axborot xizmati ham mazkur noxuş holatga izoh berdi. Unda Namangandagi 58-maktabda geografiya fani öqituvçisi tomonidan 6-sinf öquvçisi kaltaklagani aytilayotgan videodagi holat nazoratga olinib, ayni damda hududiy xalq taʼlimi va içki işlar organlari tomonidan örganilayotganini maʼlum qilingan. 

Şuningdek, vazirlik ayrim blogerlar öqituvçini qoralab, “vaxşiy” deb ataşdan avval holatnining tagiga yetişi maqsadga muvofiq deb hisoblagan. "Bolalar örtasida yuzaga kelayotgan turli tarbiyasizlikka aynan befarqlik va loqaydlik sabab bölmoqda şu bois öqituvçini qoralaşdan oldin yaxşilab mulohaza qilib köring! Hurmatli ustozlarimizdan esa bolani tarbiyalaşda bunday usullarga bormasdan har qanday holatda oğir va vazminlik saqlaşingizni sörab qolamiz" - deyiladi rasmiy izohda.


×