ÖzA muxbiri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sotuvçilarga bosim ötkazib, tovlamaçilik qilayotgan ayol haqidagi videolavha böyiça suriştiruv ötkazdi. Videolavhadagi ayol aslida kim, bunday holat qayerda sodir bölgan edi?
Keling, holatga aniqlik kiritiş uçun gapni avvalroqdan boşlaymiz. Ayni kunda noqonuniy faoliyat yuritayotgan mazkur bozor Asaka tumani “Baraka” mahalla fuqarolar yiğinidagi Umid köçasi, yaʼni Asaka-Şahrixon magistral yöli tomonidan Asaka dehqon, oziq-ovqat bozoriga kiriladigan uzunligi 200 metrça keladigan köçada joylaşgan.
2016 yilda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan aholiga qulaylik yaratiş, Asaka dehqon, oziq-ovqat bozoriga kiriladigan yölni obodonlaştiriş uçun tuman hokimining farmoyişi bilan uşbu yöl hududi tadbirkorlar Odinaxon Dadajonova, Mahmudjon Sobirov hamda Rohatoy Egamberdiyevalarga 600 kvadrat metrdan ajratib berildi. Şuningdek, ularga saylgoh sifatida foydalanadigan yölning özlariga tegişli hududlarini şaharsozlik qoidalari asosida obodonlaştiriş, brusçatka yotqiziş, favvora quriş hamda muzqaymoq va salqin içimliklar sotiladigan joylar taşkil etiş vazifasi yuklandi.
Tadbirkorlar tomonidan obodonlaştiriş işlari bekamu-köst bajarildi. Biroq aholining bozorga kirib-çiqişi uçun qulaylik yaratiş maqsadida barpo etilgan yöl noqonuniy bozorga aylanib ketdi. Noqonuniy ravişda qöşimça dökonlar, savdo rastalari joylaştirildi, yoymaçilar joylaşdi. Bu yerda asosan kiyim-keçaklar, parfyumeriya mahsulotlari, xöjalik mollari, hatto meva-çeva, sabzavotlar ham sotila boşladi.
Obodonlaştiriş maqsadida berilgan köçaning tadbirkorlar katta bozorga aylantirib yubordi. Bundan avvalo, uşbu köça atrofida yaşayotgan aholi aziyat çekmoqda. Uylariga erkin kirib çiqa olmaydi, tez yordam, yonğin öçiriş maşinalari bu köçaga umuman kira olmaydi.
Köça oxiridagi boşqa yölga olib çiqadigan köça ertayu keç kirakaş “Damas” maşinalari bilan tirband. Bunday holatni bartaraf etiş savdo rastalarini bozor içiga köçirişni sörab mahalla ahli tuman hokimligi, prokuraturasi, içki işlar bölimi, soliq inspektsiyasiga köp bora murojaat qildi. Biroq biror özgariş bölmadi.
– Noqonuniy bozor mahalla ahliga köp qiyinçiliklar tuğdirmoqda, – deydi Asaka tumani “Baraka” mahalla fuqarolar yiğini raisi Rivojiddin Rahmonov. – Bu yerdagi töpolon, janjallarni aytmaysizmi... Bozorni köçiriş uçun köp harakat qildik. Lekin bizning kuçimiz yetmadi.

– Katta magistral yöldan bozorning yöliga ötiş uçun yer osti tuneli qurilgan, – deydi mahalla fuqarolar yiğinining xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisi Muxtasarxon Qosimova. – Açinarlisi, tunel ham bozorga aylanib ketdi. Yaxşi bilamizki, bozorning öziga yaraşa qonun qoidalari bor, bozorda turli toifa kişilari, tortişuv, janjallar böladi. Ana şundan kelib çiqib, bozordagi maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş maqsadida savdogar ayollar bilan tez-tez suhbatlar ötkazilmoqda. Şukurki, keyingi paytlarda uruş-janjallar, salbiy holatlarga barham berildi.
Masalaning mohiyatiga qaytadigan bölsak, videolavhadagi holat noqonuniy bozorda savdo qilayotganlardan pul undiriş bilan boğliq ekanligi ravşan. Maʼlum bölişiça, uşbu holat Asaka şahridagi noqonuniy faoliyat yuritayotgan bozorda (yuqorida bozor xususida izoh berildi) 2017 yilning bahorida yuz bergan. Bozorda iş olib borayotgan bir guruh sotuvçi ayollarning yillar davomida davom etib kelayotgan özaro kelişmovçiligi, janjallarining birgina körinişi xalos.
Videolavha qahramoni O.D. Asaka tumanida istiqomat qiladi, ikkinçi guruh nogironi, 2002 yildan buyon tadbirkorlik bilan şuğullanib keladi. Oilali, 4 nafar farzandning onasi. Savdo dökonlari bor, tadbirkor sifatida donği ketgan.

Holatning asl sababi bozordagi ikkita guruh örtasidagi kelişmovçiliklar natijasidir. Holat yuzasidan viloyat içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumot fikrlarimizga aniqlik kiritadi.
Bunga köra, Asaka tumani, “Tuvadoq” MFY, Pastki Tuvadoq köçasida yaşovçi yakka tartibda tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi O.D.ga Asaka tumanidagi dehqon bozori hududida savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buzgani uçun bir neça bor unga nisbatan soliq xodimlari iştirokida ogohlantirişlar berilgan.
O.D. 2016 yil sentyabr oyida Asaka tumani Umid köçasidagi markaziy dehqon bozoriga kiriş yölagida taʼmirlaş işlari olib borgan. 2017 yil may oyida fuqarolar N.I, Z.A va boşqa bir neçta fuqarolar mazkur taʼmirlaş işlari olib borilgan yölakda savdo qilayotgani sababli “katta tadbirkor” O.D ularni uşbu hududda savdo qilmasliklarini, joyni böşatib qöyişlarini aytib, özaro janjallaşgan.
Kelişmovçiliklar davomida O.D tomonidan fuqarolarni uyatli sözlar bilan haqorat qilganlik holati 2017 yil may oyida fuqarolar tomonidan videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIBga fuqarolar tomonidan O.D.ga nisbatan çora körişni sörab murojaat kelib tuşmagani sababli, suriştiruv harakatlari olib borilmagan.
Şuningdek, O.D 2018 yil 24 dekabr kuni soat 21:00 lar çamasida, Asaka şahar, “Baraka” MFY, Madumarov köçasida joylaşgan “Markaziy dehqon” bozorining kiriş yölagidagi özi tomonidan taʼmirlangan “Favvora” yonida, fuqaro N.I (ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhadagi haqoratlangan ayol) bilan birga savdo qilayotgan O.B bilan ham özaro janjallaşgan. Janjal vaqtida O.B.ni qasddan urib soğliğining buzilişi va tan jarohati olişiga sababçi bölgan.
Uşbu holat yuzasidan 2018 yilning 29 dekabr kuni O.D.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan mazkur modda bilan ayblov eʼlon qilingan va jinoyat işi muhokamasiga yuborilgan. Sud muhokamasi tomonlarning özaro kelişuvi asosida yaraşuv bilan yakun topgan.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O.D. tomonidan Asaka tumani markaziy dehqon bozoridagi fuqarolarni uyatli sözlar bilan haqorat qilganlik holati tasvirlangan videolavhalar böyiça Asaka tumani IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

O.D. bozorda savdo qilayotgan fuqarolardan pul yiğişini inkor etdi. Lekin savdo qiluvçilar pul hozirga qadar yiğib kelinayotganini aytganligini bildirganimizda, bu pullar bozorni tozalovçi farroşlar uçun yiğilişini taʼkidladi.
Bu böyiça tuman soliq inspektsiyasi va boşqa mutasaddi idoralar vakillari şuğullanib, masalaga aniqlik kiritadi, deb umid qilamiz. Çunki mazkur bozorda 400 ga yaqin kişining savdo qilişi hisobga olinsa, ularning qançasi tadbirkor sifatida röyxatdan ötib, soliq tölaydi, yana qançasi soliq tölamasdan iş olib borayotganini aniqlaş, tuşumlarni davlat byudjetiga tuşiriş albatta ana şu idoralarni qiziqtiradi.
Agar ana şunça sotuvçi bir kunda 10 ming sömdan tölaganda ham davlat byudjetiga bir kunda 4 million, bir oyda 120 million, bir yilda 1 milliard 440 million söm mablağ tuşişi oddiy arifmetika.
Videolavhada soliq idorasi vakillarini uyatli sözlar bilan haqorat qilinişiga esa O.D. u bilan janjallaşayotgan ayollar uni qattiq haqorat qilganliklari tufayli öta asabiylaşgani, özini yöqotib qöyib, bilmasdan gapirib yuborganini maʼlum qildi.
– Bu kabi ayollar bilan tizimli işlar olib borilmoqda, – deydi tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Muqaddasxon Qurbonova. – Jumladan, özaro janjallaşib yurgan tadbirkor fuqarolar bilan bevosita suhbatlar ötkazilib, örtalaridagi kelişmovçiliklarni bartaraf etiş, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş böyiça çora-tadbirlar körildi. Ayol, eng avvalo ona, oila bekasi, farzandlar tarbiyaçisi, ayollarning jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etişi millatimiz uçun isnod ekani tuşuntirilmoqda.
Asaka dehqon, oziq-ovqat bozori maʼmuriyati esa nima uçun şundoqqina eşigi oldida noqonuniy bozor faoliyat yuritayotganiga tomoşabin bölib qarab turganiga köpçilik hayron.
Nima uçun savdo qilayotganlarni bozor içiga kiritiş çoralarini körmayapti ekan?

– Uşbu bozorda asosan kiyim-keçak, xöjalik mollari sotiladi, – deydi “Asaka dehqon, oziq-ovqat bozori” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Alişer Tolipov. – Bozorimizda qişloq xöjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari sotilişi belgilangan. Şu bois ularga bozordan joy bera olmaymiz. Lekin u yerdagi oziq-ovqat, qovun-tarvuz, sabzavot mahsulotlari sotayotgan fuqarolarni içkariga kiritişga köp harakat qildik. Hozirda 700 ga yaqin savdo rastalarimiz, savdo-sotiq qiliş uçun barça qulayliklar bor. Lekin bozor taşqarisi gavjum bölgani, qolaversa, kunlik savdo yiğimi tölamaslik maqsadida ular içkariga kirib savdo qilişni xohlaşmayapti.
Şu örinda norasmiy bozor, ana şu hududni özlaştirib olgan tadbirkorlarning bugungi faoliyati noqonuniy ekanini eslatib ötmoqçimiz.
Aslida 3 nafar tadbirkorga Asaka dehqon bozoriga kiriş yölining maʼlum qismini obodonlaştiriş, muzqaymoq hamda salqin içimliklar savdosini yölga qöyiş orqali foydalaniş uçun çiqarilgan tuman hokimining 2016 yil 22 iyundagi 60-F farmoyişi ötgan 2018 yil bekor qilingan.
Yaʼni, Asaka tumani hokimining hududdagi, “Baraka” MFY Umid köçasida, bozorga kiruvçi yölda transport vositalari harakatini tiklaş, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda avariya xizmatlari transport vositalarining harakatlanişi uçun şaroit yaratiş uçun özboşimçalik bilan örnatilgan vaqtinçalik savdo şoxobçalari faoliyatiga barham beriş maqsadida çiqarilgan 2016 yil 22 iyundagi 60-F farmoyişi bekor qilingan.
Tuman hokimining tegişli qarori çiqarilganiga bir yildan oşgan bölsa-da, noqonuniy bozor faoliyatiga barham berilmayotgani, tartibsizliklar, muammolarga tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari, soliq inspektsiyasi eʼtibor qaratmayotgani kişini taajjubga soladi.
Bu yerda savdo qilayotgan fuqarolarni Asaka dehqon, oziq-ovqat bozori hamda xalq içida Yuqori bozor, deb ataladigan “Tasanno omad lyuks” buyum bozoriga köçiriş şunçalik qiyin bölsa?
Örganişimiz jarayonida ana şu bozorlarda juda köp savdo rastalarining böş turganiga guvoh böldik.
Tuman hokimligi va boşqa mutasaddi idoralar noqonuniy bozor, undagi tartibsizliklar, u yerda iş olib borayotgan guruhlarning tortişuvlari ortidan yuzaga kelayotgan salbiy holatlarga barham berişga astoydil kirişsa, eng avvalo, Asaka xalqi bundan minnatdor böladi, qonun ustuvorligi taʼminlanadi.
Noqonuniy bozor taqdiri, uning faoliyati qanday yakun topgani xususida kelgusi çiqişlarimizda maʼlum qilamiz. Mabodo yeçim topib ketsa muammolar.
Faxriddin UBAYDULLAYEV, ÖzA









