Qozoğistonda terrorga qarşi harakatlar jangarilar töliq yöq qilinmagunça davom ettirilişi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bugun, 7 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda gapirdi.
Taʼkidlanişiça, yiğilişda mamlakatdagi tezkor vaziyat, antiterror operatsiyasining borişi, hududlardagi vaziyat muhokama qilingan.
“Antiterror operatsiyasi boşlandi. Huquqni muhofaza qiliş organlari qizğin işlamoqda. Mamlakatimizning barça hududlarida asosan konstitutsiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorçilar qurol işlatişda va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazişda davom etmoqda. Şu bois, terrorga qarşi harakatlar jangarilar töliq yöq qilinmagunça davom ettirilişi kerak”, degan Qosim-Jomart Töqayev.
Yiğilişda taʼkidlanişiça, KXŞT birlaşgan tinçlikparvar kontingenti bölinmalari tartibni tiklaşga yordam beriş uçun Qozoğistonga kela boşlagan. Uşbu kontingent çeklangan vaqtga asosan strategik obʼektlar xavfsizligini taʼminlaş va himoya qiliş funktsiyalarini bajariş uçun kelgan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Qozoğistonda 3 mingdan ortiq odam qölga olingan, 26 nafar qurolli jinoyatçi öldirilgan, yana 18 nafar jinoyatçi yaralangan.
Qozoğistonda namoyişlar
Qozoğistonda norozilik aktsiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boşlandi. Janaozen şahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming söm) kötarilganidan norozi bölib, ommaviy mitingga çiqdi. Tobora olovlangan namoyişlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau şahridagi “Intimak” maydonida namoyişçilar bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytiriş va Manğistau viloyatida gaz narxini litri uçun 50 tenge etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilingan.
Muzokara davomida tomonlar barça yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunçilik doirasida hal qilişga kelişib olgan.
Şuningdek, miting iştirokçilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozoğiston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qança viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar çoğida jamoat tartibini buzganlik uçun 200 dan ortiq kişini qölga oldi.
5 yanvar kuni, şuningdek, Qozoğistonning amaldagi Hukumati isteʼfo berdi. Prezident Qosim-Jomart Töqayev Hukumat isteʼfosini qabul qildi. Şuningdek, Qozoğistonning Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan ketdi. Uning örnini Prezident Töqayev egalladi.
Şuningdek, Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Yermek Sagimbayev egalladi.
Qozoğistonda butun mamlakat böylab 19 yanvargaça favqulodda holat joriy etildi. Şuningdek, şu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gaça komendantlik soati amalda böladi.
Prezident Respublika davlat qöriqlaş xizmati rahbari etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Töqayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, şuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.
Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (ODKB) mamlakatga çeklangan muddatga tinçlikparvar kuçlarni kiritiş töğrisida qaror qabul qildi.









