Özbekistonda dollar kursi ösişi qaçongaça davom etadi? Iqtisodçi fikri
Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşuv markazi rahbari, iqtisodçi Yuliy Yusupov Özbekistonda AQŞ dollari kursining keskin oşib ketişi sabablari borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Meni dollar kursi kötarilişi sababli ijtimoiy tarmoqlarda boşlangan vahima hayron qoldirmoqda. - Göyoki yangi tariximizda almaşuv kursining bundan kattaroq sakraşi bölmagandek. Hattoki 2017 yil sentyabrdagi devalvatsiya kabi misolni nazarda tutayotganim yöq. Liberalizatsiyagaça dollar qora bozorda qançalik kötarilganini yodimizdan çiqarib qöydik şekilli. - Göyoki 2017 yil sentyabrgaça birja kursi 10 ming sömlik “psixologik körsatkiç”dan oşmagandek. Bizga import mahsulotlar narxini xuddi şu kursda hisoblaşmagandi. Endi esa 10 ming sömlik körsatkiç xuddi oxirzamondek tuyulmoqda. Zero bu körsatkiçni bir neça yil avval qayd etganmiz. - Göyoki bozor almaşuv kursi boşqa davlatlarda, ayniqsa sobiq SSSRdagi qöşnilarimizda kötarilmayotgandek. Ularda oşmoqda, bizda nima uçun oşmasligi kerak? Milliy valyuta almaşuv kursi nega tuşib ketmoqda? Asosiy sabab – ortiqça pul massasi emissiyasi. Valyuta bozorida ham boşqa bozorlardagi singari talab va taklif qonuni amal qiladi: agarda ikkita mahsulot bir-biri bilan almaştirilayotganida bir mahsulot ikkinçisiga nisbatan köproq taklif qilinsa, u holda birinçisining narxi ikkinçisiga nisbatan tuşadi. Agarda sömning ortiqça massasi emissiyasi tezligi boşqa valyutalar emissiyasinikiga nisbatan oşib ketsa, u holda sömning boşqa valyutalarga nisbatan qiymati pasayadi. Ortiqça pul emissiyasi nima? Iqtisodiy ösiş surʼatidan ortiq bölgan pul emissiyasining (çiqarilişi) ösişi. Oddiy söz bilan aytganda, mahsulot massasiga nisbatan pul massasining ösişi. Agarda ortiqça pul emissiyasi bölsa, milliy valyuta mamlakat içida ham (bu içki narxlarning ösişida körinadi, yaʼni inflyatsiyada), mamlakat taşqarisida ham (milliy valyuta almaşuv kursi tuşib ketişida namoyon böladi) qadrsizlanadi. Şu orqali inflyatsiya darajasi böyiça valyuta bozoriga çiqadigan ortiqça pul massasini muvozanatga solib turişi kerak bölgan almaşuv kursining taxminiy özgarişlariga baho beriş mumkin. Nima uçun faqat “taxminiy özgarişlar” haqida gapiriş mumkin. Çunki almaşuv kursiga ortiqça pul massasidan taşqari, boşqa omillar: importga bölgan talabning özgarişi, mehnat migrantlaridan keladigan valyuta, kredit va xorijiy investitsiyalar hamda savdo şeriklarimizning valyuta kurslaridagi özgarişlar ham taʼsir körsatadi. Şu bois inflyatsiya darajasi – bu almaşuv kursining hozirgi va kelajakdagi özgarişlarining taxminiy möljali hisoblanadi. Bizda hozir inflyatsiya darajasi qanday? Masalan, 2018 yilda Statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 14,3 foiz bölgan. Bu raqam taqribiy. Ammo u raqamlar haqida sözlaydi. Keyingi yil davomida söm qançalik qadrsizlandi? Bir yil avval 1 dollar rasmiy kurs böyiça 7765 söm edi. Bugun – 8705. Ösiş qanday? Atigi 12 foiz. Bu oz. Söm yanada köproq qadrsizlanişi kerak edi! Ayniqsa, avvalgi yilda u deyarli qadrsizlanmagani hisobga olinsa. Eslatib ötaman, 2017 yil sentyabrda (valyuta bozori liberallaştirilganidan keyin) dollar narxi 8094 söm edi. Söm ikki yil içida qançalik qadrsizlandi? 7,5 foiz! Bu mamlakatdagi haqiqiy inflyatsiya hisobga olinadigan bölsa, kulgili raqam. Nima uçun aynan hozir almaşuv kursi keskin kötarilib ketdi? Ha, çamasi, Markaziy bank maʼlum qilganidek, taşqi omillar taʼsir körsatmoqda: savdo hamkorlarimiz bölgan mamlakatlar valyutalari ozgina qadrsizlandi. Ammo asosiy sabab boşqa yoqda. Markaziy bank yaqin-yaqingaça taşqi bozorda oltin sotib sömning haqiqiy almaşuv kursini sunʼiy ravişda mustahkamlab kelgandi, yaʼni ortiqça pul emissiyasi sababli tuşib ketişini töxtatib turgandi. Bu esa keyingi bir yarim yil içida import ösişiga asosiy sabab böldi. Qanday boğliqlik bor? Eksport ham, import ham almaşuv kursiga qattiq boğlangan. Agarda sömning haqiqiy almaşuv kursi össa (yaʼni nominal devalvatsiya inflyatsiyadan ortda qolsa), u holda import nisbatan arzonlaşadi va unga bölgan talab oşadi. Eksport bilan esa hammasi aksinça: milliy valyutaning mustahkamlanişi esa eksportning foydasini kamaytiradi (mahsulotlarimiz taşqi bozorda qimmatlaşadi). Natijada xorijiy valyuta taklifi kamayadi, unga bölgan talab esa oşadi. Markaziy bank devalvatsiyaning hozirgi sababi importga bölgan talabning ösişi deb aytganida mutlaqo haq. Faqat bu ösiş birinçi navbatda Markaziy bankning avvalgi siyosati natijasi ekanligini aytişmayapti. Aynan oltin-valyuta rezervlarini sotiş hisobiga sömni mustahkamlaş siyosati importning ösişini rağbatlantirgan. Hozirda Markaziy bank bu siyosatdan voz keçdi. Dollar paytdan foydalanmoqda. Yaʼni söm devalvatsiyasi sunʼiy ravişda uşlab turilganidan söng bozorda sakraş yuz bermoqda va muvozanat tiklanmoqda. Eng asosiysi, Markaziy bankning interventsiyasi almaşuv kursining keskin sakraşini silliqlaşga yönaltirilişi lozim. Ammo amaliyotda bunday siyosat mohirona olib borilmaydigan bölsa, teskari natijani körişimiz mumkin. Xulosa qanday? - Talab va taklif qonunini aldaşga urinib bölmaydi. Bozorni aldab bölmaydi. Ertami-keçmi muvozanat nuqtasiga qaytişga töğri keladi. Yiğilib qolgan inflyatsiyani hisobga oladigan bölsak. Biz bu nuqtaga hali yetib kelmadik. Yaʼni qisqa muddatli davrda agarda Markaziy bank aralaşmaydigan bölsa (şunday bölişiga umid qilamiz), dollar yana oşadi. - Hozirgi devalvatsiya importning qimmatlaşi, natijada esa hajmi qisqarişiga olib keladi. Boşqa tomondan, bu eksportçilar uçun manfaatli. Natijada eksport ösişini kutiş mumkin (tabiiyki, mavsumiy özgarişlarni hisobga olgan holda). - Uzoq muddatli rejada dollar kursi ortiqça pul emissiyasi muammosini hal qilmagunimizça ösişda davom etadi. Aynan u inflyatsiya va devalvatsiyani vujudga keltiradi. Moliya tizimimizni mustahkamlaşni istasak, uning mustahkam emasligi sabablarini bartaraf etişimiz lozim. Ortiqça pul emissiyasi nimaga boğliq – bu mavzu alohida suhbatni talab qiladi va bu borada maqolalarim çop etilgan. Uning fiskal siyosat sohasida ham, pul-kredit siyosati sohasida ham sabablari mavjud. Şunday qilib, moliyaviy mustahkamligimiz, jumladan almaşuv kursining mustahkamligi Hukumat va Markaziy bank hamda taşabbuslari iqtisodiyotdagi ortiqça pul miqdoriga katta taʼsir körsatuvçi Prezidentning qöllarida. Rahbariyatimizning oqilona yöl tutişiga, moliya intizomi va bozor iqtisodiyoti qonunlariga rioya qilişiga umid qilamiz.[:]









