Respublika Gidrometeorologiya markazi maʼlumotiga köra, bu haftada ham Özbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Hafta davomida harorat 39-42 daraja, janubiy hududlar va çöl zonalarida 44-45 darajagaça kötariladi.
Avval xabar qilinganidek, bu örtaça köp yillik körsatkiçlardan 5-7 darajaga yuqoridir.
Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatiladi.
Şuningdek, havo harorati yuqoriligi sabab toğ çöqqilarida muzliklar erişi natijasida yurtimizning toğ oldi tumanlarida sel toşqinlari kuzatilişi mumkin.
Xöş, bunday jazirama yana qança vaqt davom etişi mumkin?
Gidrometeorologiya markazi mutaxassisining «Xabar.uz»ga maʼlum qilişiça, juda issiq ob-havo 20-21 iyulga qadar davom etadi. Iyul oyining sönggi ön kunligida havo harorati biroz pasayişni boşlaydi.









