Buxoro neftni qayta işlaş zavodida Boşqaruv raisi topşiriğiga asosan, yuqori oktanli avtomobil benzini işlab çiqarişni yölga quyiş böyiça tadqiqotlar ötkazildi hamda texnologik qurilmalarda rejim tanlandi, natijada AI–98 yuqori sifatli etellanmagan benzin işlab çiqariş özlaştirildi. Bu haqda «Özbekneftegaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, AI–98 markali avtomobil benzini, asosan, siqiş darajasi 12 dan 14 gaça bölgan dvigatelli avtomobillarda işlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonatsiyaga qarşi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oşiradi hamda tezlaniş dinamikasini yaxşilaydi, tebraniş, şovqin darajasini pasaytiradi, şuningdek, yonilği sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi («Özstandart») tomonidan AI–98 avtomobil benzinini tseriyali işlab çiqariş uçun ÖzDSt 3031:2015 «Avtomobil benzinlari. Texnik şartlar» muvofiqlik sertifikati olindi. Xabar berilişiça, AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi işlab çiqarildi va 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan ötkazildi.
Özbekistonda ilk bora AI–98 markali benzin ham işlab çiqarila boşlandi









