Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi – Özbekiston Respublikasi Senati Raisining örinbosari, Özbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020 yil 31 iyul kuni vafot etdi. Marhum bugun, 1 avgust kuni Nukus şahridagi "Şorşa baba" qabristoniga dafn etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni bu yerga taşrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qurʼon tilovat qilindi.

"Rahmatli Musa oğa elni yaxşi körgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kişiga juda işonardim, Qoraqalpoğistondan könglim töq edi. Tili, dini, taqdiri, taşvişlari bir bölgan özbek va qoraqalpoq xalqlarining oğzibirçiligini qadrlardi. Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş, odamlarning birini ikki qiliş böyiça köp işlarni boşlagan edik. Endi bu işlarni, rejalarimizni döstlari bilan birga albatta davom ettiramiz", dedi davlatimiz rahbari.
Şavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinişini taʼkidladi.
"Bu yerni Qoraqalpoğistonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Şunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qöysak, xalqimizga, yoşlarimizga namuna böladi", dedi Prezident.









