Qirğizistonda ham Starlink interneti işga tuşadi

Qirğizistonda ham Starlink interneti işga tuşadi

14 aprel kuni Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev SpaceX kompaniyasining Starlink yönalişi böyiça katta direktori Rayan Gudnayt bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.


Qayd etilişiça, uçraşuv Vaşingtonda Xalqaro valyuta jamğarmasi va Jahon banki guruhining bahorgi yiğilişlari doirasida bölib ötgan. Tomonlar Qirğizistonda sunʼiy yöldoş internetini işga tuşiriş böyiça tizimli işlarning yakunlarini hamda pilot loyihani boşlaş uçun zarur bölgan barça ruxsatnomalarni beriş jarayoni yakunlanganini sarhisob qilgan.

“Asosiy eʼtibor yaqin vaqt içida amalga oşirilişi rejalaştirilgan servisning texnik işga tuşirilişiga qaratildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, tomonlar sunʼiy yöldoş internetining joriy etilişidan kutilayotgan muhim ijtimoiy samarani muhokama qilgan: çekka va boriş qiyin bölgan aholi punktlari aholisi uçun yuqori tezlikdagi aloqa imkoniyatini yaratiş, şuningdek, maktablar, tibbiyot muassasalari va boşqa ijtimoiy obʼektlarni raqamli resurslarga ulaş.

“Pilot loyiha oçiqlik va teng şaroitlar tamoyillari asosida amalga oşiriladi. Unda sunʼiy yöldoş interneti xizmatlarini körsatuvçi barça kompaniyalar, belgilangan talablarga töliq javob bergan taqdirda iştirok etişlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, Starlink – bu Starlink Services LLC tomonidan boşqariladigan sunʼiy yöldoş internet tizimi bölib, u xalqaro telekommunikatsiya provayderi hisoblanadi va Amerikaning aerokosmik kompaniyasi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasining töliq şöʼba korxonasi hisoblanadi. U hozirda taxminan 130 mamlakat va hududni qamrab oladi. 


×