Xabaringiz bor, Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Namangan şahrining içimlik suvi yöq, içki yöllar yomon, atrof obodonlaştirilmagan. Mahalla idorasining özi ham harob çiqindilarga töla “Bunyodkor” mahallasiga bordi.
Davlat rahbari mahalladagi qoniqarsiz holat sabab Namangan şahri hokimi Olim Isayev va şahar prokuroriga qattiq tanbeh bergan edi.
“Ikkalang ham noinsofsan! Bu yoqqa kel, sen, noinsof (Isayevga.tahr). Nima bu, men seni nega bu yerga olib kelganman?
Nima bu? Başarangni qara, mana şu seni başarang. Ikkoving ham qanday vijdon bilan majlisda ötirding? Qaçon odamlarning dardi bilan yaşaysan, sen Isayev?”, – dedi Prezident.
Şuningdek, Prezident mahalla raisi faoliyatiga ham tanqidiy baho bergan edi.
“Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda ötiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yaşaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz“, – degan edi davlat rahbari.
Maʼlum bölişiça, Prezident ketganidan keyin uşbu mahallada obodonlaştiriş işlari boşlab yuborilgan.









