«Nemolchi.uz» internet-manbasida uç nafar ayollarga şilqimlik qilgan taksi haydovçisiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan çora körilmayotgani haqida xabar eʼlon qilindi. Mazkur holat böyiça Toşkent şahar IIBB maʼlumot berdi.
Maʼlum bölişiça, Matiz rusumli avtomobil (davlat raqami 10 Y 518 SA) haydovçisi – J.T. tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani töğrisida Toşkent şahar IIBBga ariza kelib tuşmagan.
Idora xodimlari yuqoridagi eʼlon muallifi bilan boğlanib, jabrlanuvçilar haqida maʼlumot olgandan söng, ayollarga yozma ravişda içki işlar organlariga murojaat qiliş zarurligi tuşuntirilgan.
Qayd etilişiça, 2021 yil 17 sentyabr kuni ikki nafar jabrlanuvçilar – E.M. va T.Y. Mirobod tumani IIO FMBga murojaat qilgan. Uçinçi qiz – M.S. ham yaqin orada ariza yozişga tayyorligini bildirdi.
Mazkur holat böyiça tergov oldi tekşiruvlari olib borilmoqda.









