Toşkentda taksiçiga piçoq tirab, pullarini olib qöyganlar uşlandi

Toşkentda taksiçiga piçoq tirab, pullarini olib qöyganlar uşlandi

28 aprel kuni soat 02:30 larda 20 yoşli N. Tohir va 18 yoşli K. Diyor poytaxtning Mirobod tumanida 21 yoşli A. Doniyorning boşqaruvidagi «Matiz»ga yölovçi sifatida ötirişadi.

Tergov departamenti xabariga köra, Qibray tumani Salar şaharçasiga yetib kelganlarida, haydovçidan avtomaşinani töxtatişni sörab, uni piçoq tiqib öldiriş bilan qörqitadi. Keyin uning yonidagi 3 mln sömni bosqinçilik yöli bilan olib, hodisa joyidan yaşiringan.

Keyinroq, ulardan jami 1,4 mln söm aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirilib olingan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan N. Tohir va K. Diyorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uşbu turdagi jinoyatlar uçun qonunçilikda 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

×