Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh talabalarning yölning örtasida töxtab, suratga tuşgani aks etgan video tarqaldi va muhokamalarga sabab böldi. Maʼlum bölişiça, uşbu harakatni amalga oşirgan talabalarga çora körilgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilişiça, mazkur voqea Toşkent şahar Yunusobod tumanida sodir bölgan. Bitiruvçi talabalar piyodalar yölagiga çiqib, fotosessiya qilgan. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan harakat qoidalarini buzgan talabalarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 138-moddasiga (Piyodalar va yöl harakati boşqa iştirokçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi) binoan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar amalga oşirilgan.
Şuningdek, uşbu tadbirdan söng universitet atrofida töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buzib, sunʼiy tirbandliklarga sabab bölayotgan haydovçilarga nisbatan reyd tedbirlari ötkazilgan va tegişli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.









