21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan sudlanuvçilar M. Xolmatov («Özbekiston temir yöllari» AJ «Gidrotexnik inşootlar quriş direktsiyasi» boşliği lavozimida işlagan) va boşqalar (jami 17 kişi) ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça yopiq sud jarayoni boşlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
«Uşbu jinoyat işi bevosita davlat sirlari bilan boğliq bölganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda körilayapti.
Sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalaniş şartlarini buziş), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Işni körib çiqiş natijalari böyiça alohida bayonot beriladi», deyiladi Oliy sud xabarida.









