Yigiti taşlab ketgan qiz özini öldirmoqçi böldi

Yigiti taşlab ketgan qiz özini öldirmoqçi böldi

Toşkentning Yakkasaroy tumanida 9 qavatli uyning 8-qavatidan özini taşlamoqçi bölgan qiz qutqarildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi

Voqea 13 sentyabr kuni soat 09:30 lar atrofida yuz bergan. Şu uyda yaşovçi kişi bunga guvoh bölib, zudlik bilan IIBga xabar bergan va ular 5-6 daqiqada yetib kelgan. Qiz köp qavatli uy podʼezdi 7 va 8-qavatlari örtasidagi derazaning taşqarisida bölgan.

U özini taşlaş bilan qörqitib, heç kimni yoniga yaqinlaştirmagan va muzokara olib borişdan boş tortgan. 40 daqiqa davomida 8-qavatda qolib ketgan qiz vaqt ötgan sari holdan toyib borgan. Yakkasaroy tumani 1-son IIB boşliği uni tinçlantiriş maqsadida muloqotga kirişgan. Birinçi navbatda, nima bölganini söraganida qiz rus tilida «yaşagim kelmayapti, yigitim taşlab ketdi», — deb javob bergan.

Şundan söng IIB xodimi yigitining telefon raqamini olgan va u bilan gaplaşib, şunday holat bölganini, yetib kelişini tuşuntirgan. Qizga esa hammasi joyida bölişini, yigit kelib keçirim söraşini aytib, tinçlantirgan. Şu payt uning böşaşganini körgan IIB xodimi telefonni taşlab, qizning qölidan uşlab olgan. Bir neça IIB xodimlari yordami bilan u derazadan çiqarib olinib, qutqarilgan.

Xabarda aytilişiça, öz joniga qasd qilmoqçi bölgan fuqaro 1994 yilda tuğilgan, Sergeli tumanida yaşovçi Luiza ismli qiz bölgan. U kuçli ruhiy tuşkunlik taʼsirida öz joniga qasd qilişga uringan.

Ayol bilan suhbatlaşgan psixologning qayd etişiça, u içkilikka ruju qöygan bölgan. Özini taşlamoqçi bölgan kunda ham içkilik taʼsirida bölgan.

×