Yakkaboğda fuqaroning maşinasini içida yoş bola bölişiga qaramay haydab ketgan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi.
Joriy yil avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Yakkaboğ tumanida YPX xodimi Z.Husanov fuqarolardan birining «Lacetti» maşinasini içida yoş bola bölgan holda minib ketib qolgani tasvirlangan video tarqalgandi. Keyinçalik maʼlum bölişiça, Z.Husanov maşinani jarima maydonçasiga joylaştirib, uning içida bölgan yoş bolani jarima maydonçasi qorovuliga taşlab ketgan.
Öşanda IIV YHXBB axborot xizmati xodimning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani haqida xabar bergandi.
Maʼlum bölişiça, xizmat tekşiruvi yakunlangan.
Ötkazilgan xizmat tekşiruviga köra, Yakkaboğ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganiga qaramasdan öziga tegişli xulosa çiqarmagan. U xizmat mobaynida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisidagi Nizom» hamda içki işlar vazirining meʼyoriy buyruği talablarini buzgan.
Şu sababli Yakkaboğ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov egallab turgan lavozimidan ozod etilişi böyiça xulosa qilingan.









