Namanganliklar.uz telegramm kanaliga “Norin daryosidan topilgan jasadning ölimiga kaltaklanişi sababmi yoki 58 minutda yetib kelgan tez yordam maşinasimi” izohi bilan joylangan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 27 iyul kuni soat 05:50 larda 102 qisqa raqamiga Uçqörğon tumanida yaşovçi B.N. qönğiroq qilib, şu tumanda yaşovçi 1992 yilda tuğilgan A.S. jiyanini nomaʼlum şaxslar tomonidan qasddan öldirilib, tumandagi Eşontöpi MFY xududidan oqib ötuvçi, “Norin” daryosi qirğoğiga taşlab ketilganligi va uning boşqaruvida bölgan “Spark” rusumli avtomaşinasini olib qoçib ketilganini maʼlum qilib, nomaʼlum şaxslarni topişda hamda ularga nisbatan qonuniy çora körişda yordam söragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan 2021 yil 27 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2021 yil 26 iyul kuni soat taxminan 18:30larda Uçqörğon tumanida yaşovçi 1962 yilda tuğilgan N.M. turmuş örtoği N.G. bilan birgalikda tomorqa yeriga ekilgan moş va şoli ekinlaridan xabar olib keliş uçun, ketayotgan vaqtida “Norin” daryosi dambasida oq rangli “Spark” rusumli avtomaşinasining çap oldi eşigi oldida yoşi taxminan 20-25 yoşlardagi nomaʼlum şaxs turganligini, daryo böyiga esa ikki nafar şaxs tuşib ketganligini körganliklari aniqlangan.
Şuningdek tezkor qidiruv tadbirlari natijasida şu kuni soat 22:36da jabrlanuvçi A.S. boşqaruvida bölgan “Spark” rusumli avtomaşinaning old çap tomon baloni havo qöyib yuborganligi sababli, 2 nafar nomaʼlum şaxslar Mingbuloq tumani, Gulboğ MFY xududida joylaşgan dökon oldida qoldirib, özlari nomaʼlum tomonga qarab ketganliklari şu yerdagi mavjud kuzatuv kamerasiga qayd etilganligi aniqlangan.
Avtomaşinani közdan keçiriş davomida 18 dona yaroqli qöl barmoq izlari aniqlandi. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlar yordamida uşbu jinoyatni sodir etgan şaxs Uçqörğon tumanida, uning şerigi esa Andijon viloyatida yaşaşi maʼlum böldi. Gumondorlar Toşkent şahar xududidan uşlangan.









