«Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga qabul eʼlon qilindi

Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga öquvçilarni öqişga qabul qiliş uçun tanlov eʼlon qildi. Bu haqda “Daryo” DXXga tayanib xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, Özbekiston Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi «Ösmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari va davlat xizmati uçun kadrlar zaxirasini tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4375-sonli qarori qabul qilingan.

Uşbu qarorga muvofiq “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyga öqişga kiriş istagini bildirgan 2021 yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfda öqiyotgan öquvçilar 2021 yil 5 sentyabr kunidan 5 oktyabr kunigaça Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat (şahar) va tuman bölimlariga ariza bilan murojaat qilişi mumkin.

Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyda öqiş istagini bildirgan öquvçilar uçun xizmatning hududiy bölimlarida harbiy-kasbiy tanlaş tadbirlari ötkaziladi.

Uşbu sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan öquvçilar, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ötkazilgan test sinovlarida iştirok etadi.

×