Kutilmagan yeçim: Azondan şikoyat qilgan ayol nohaqmi?

Kutilmagan yeçim: Azondan şikoyat qilgan ayol nohaqmi?

Kuni keça poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi masjidda sodir bölgan voqea töğrisida xabar bergan edik. Musulmon ayolning masjidga kirib aytilayotgan azondan şikoyat qilgani köpçilikni hayron qoldirdi. Ayrimlar bu ayolning eʼtiqodi borasida şubhaga borişga jazm qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizga eng köp maʼqul bölgan qaraş - har qanday kelişmovçilikda aybni avvalo özimizdan izlaşimiz kerakligi haqidagi mulohaza böldi. Darhaqiqat, azon ovozi qalblarga kirib bormayotgan ekan, demak biz bu amalni töğri amalga oşirmayapmiz.

Islomşunos olim Mubaşşir Ahmad bu töğrida gözal bir post qoldirdi. Quyida uşbu postni eʼtiboringizga havola qilamiz:

"Toşkent şahrining köp masjidlarida azon ovoz kuçaytirgiçlarda aytilmayotgan bir paytlarda ham Çirçiq şahrida aytilardi. Hozir öylab körsam, sabablaridan biri - azon çiroyli qilib aytilar ekan. Hatto bir öris kampir masjid oldidan ötib ketayotib: "Kak vi krasivo poyote, osobenno, po utram", degan edi.

(Abdul Azim Ziyouddin)

Özbekiston masjidlarining mutasaddilari jiddiy eʼtibor qaratişlari kerak bölgan mavzu. Çiroyli azon uçun ikki narsa muhim:

  1. Yoqimli ovoz.
  2. Azonni töğri aytiş.
    Agar unçali qiyin bölmagan bu masalani yeçilsa, keçagidek yoqimsiz holatlar bölmas edi", - deb yozadi Mubaşşir Ahmad.

Barçamizga iymon halovati nasib qilsin.

Manba anik.uz

×