Dorixonadagi firibgarliklar foş etildi

Dorixonadagi firibgarliklar foş etildi

Toşkent şahri Yangihayot tumanida dorixonaning 114 million söm pulini özlaştirgan farmatsevt qölga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bölimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda «S.» MÇJ farmatsevti G.O. dori vositalari sotuvidan tuşgan 114 million sömni korxona hisob raqamiga kirim qilmasdan, ehtiyojlari uçun işlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Xorazmda içimlik suvi uçun tölangan 176,6 million söm pulni özlaştirgan nazoratçi-inspektor uşlangani xabar qilingan. Şuningdek, Andijonda bozor mansabdorlari 360 million sömni talon-toroj qilgani maʼlum qilingan.

×