Nexia haydovçisi YPXdan qoçayotganida inspektor va piyodani urib yubordi

Nexia haydovçisi YPXdan qoçayotganida inspektor va piyodani urib yubordi

Toşkentda taʼqibdan qoçişga uringan haydovçi piyoda va YPX xodimini urib yubordi. U atrofdagi piyoda va haydovçilarga xavf tuğdirgan holda bir neça bor qoidabuzarlik sodir etgan, şuningdek, töxtatilganidan keyin ham janjal kötargan, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi köçalarning birida fuqarolar va YPX xodimlari örtasida katta janjal sodir bölgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat böyiça rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinişiça, 30 sentyabr kuni soat 23:00 larda Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasida Toşkent şahar IIBB YHXB YPX xodimlari xizmat davomida qidiruvda bölgan (köplab tölanmagan jarimalari tufayli qidiruvga berilgan) Nexia-2 avtomobilini körib qolib, unga jezl va huştak yordamida töxtaş haqida işora bergan. Ammo haydovçi xodimlarning qonuniy talabiga böysunmasdan harakatni davom ettirgan.

Holat haqida maʼlumot ratsiya orqali boşqa xodimlarga yetkazilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahar IIBB YHXB YPX 4-bataloni 2-mobil guruhi komandiri mayor Rustam Ismoilov va YPX inspektori katta serjant Atabek Ismailov Lacetti xizmat avtomobilida qoidabuzar ortidan yölga çiqqan. Haydovçi YPX inspektorining töxtaş haqidagi işorasiga böysunmasdan harakatni davom ettirgani sabab uni majburan töxtatişga qaror qilingan.

Bunyodkor va Qatortol köçalari kesişmasida xodimlarning saʼy-harakatlari bilan Nexia-2 avtomobili majburan töxtatilgan. YPX xodimi avtomobilidan çiqişini kutgan Nexia haydovçisi yana harakatni boşlab, mayor Rustam Ismoilovni urib yuborgan va yöl harakati qoidalarini buzib, piyoda va boşqa transportlar uçun xavf tuğdirgan, şuningdek, piyodalardan birini turtib ketgan. Tez orada Toşkent şahar IIBB xodimlari qoidabuzar haydovçini töxtatgan va boşqa oğirroq yöl-transport hodisasining oldi olingan.

Töxtatilgan avtomobilning yölovçilari bölgan bir neçta ayol çiqib, YPX inspektorlari bilan janjal kötargan.

Haydovçi qaşqadaryolik 24 yoşli Temur Ç. va uning yölovçilari – 21 yoşli Şahzoda Ç., 39 yoşli Rayhon M., 44 yoşli Barnogul M. va 45 yoşli Boğdagul M. Çilonzor tumani IIIO FMBga yetkazilgan.

Mazkur holat böyiça tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda, natijalari böyiça qonuniy çora köriladi.

Avvalroq Samarqandda öğliga jarima belgilagan YPX xodimini haqorat qilib, unga toş otgan ota 15 sutkaga qamalgani, Surxondaryoda YPX xodimini Lacetti kapotida sudrab ketgan haydovçi qamoqqa olingani töğrisida xabar berilgandi.

×