«Özbekistonda ommaviy axborot vositalariga bosim yöq» — Sodiq Safoyev

«Özbekistonda ommaviy axborot vositalariga bosim yöq» — Sodiq Safoyev

Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev BBC Uzbek naşriga bergan intervyusida Özbekistondagi ommaviy axborot vositalari faoliyati haqida fikr bildirib, jurnalistlarga heç qanday bosim ötkazilmayotgani aytdi, deb xabar bermoqda GAZETA.UZ naşri

«Özbekistonda muxolifat bormi yoki yöqmi? Bor! Ommaviy axborot vositalarini olaylik, bu nihoyatda muhim muxolifat. Ular hokimyatning, prezidentning, parlamentning har bir harakatiga baho beryapti. Kimdir ularga oçiqdan-oçiq tazyiq ötkazyaptimi?», — dedi Senat raisi örinbosari. Jurnalist bosim borligini taʼkidlaganida Sodiq Safoyev uning sözlarini böldi: «Yöq!».

Senator biron bir OAV yopilgani yoki jurnalistlarning javobgarlikka tortilgani böyiça birorta holatni bilmasligini taʼkidladi. Uning fikriça, aksinça, ularning har bir çiqişlari, «hukumatning markazda ham, joylarda ham xatti-harakatlariga sabab bölmoqda».

Sodiq Safoyevning aynan kim bosimga uçragani haqidagi savoliga javoban jurnalist BBC Uzbek’ga muntazam ravişda, jumladan, IIVga, xususan, terrorizmga qarşi kuraşiş bölimiga çaqiriqlar haqida murojaatlar kelib tuşayotganini bildirdi. Uning aniqlik kiritişiça, yetakçi naşrlarning nafaqat muxbirlari, balki boş muharrirlari ham çaqirilib, u yerda u yoki bu mavzuni yoritmaslik söraladi.

«Men sizga aniq aytişim mumkin, bugungi kundagi tanqidiy materiallar köplarga yoqmaydi. Lekin ikki yilga nisbatan hozir ham Özbekiston matbuotida, ayniqsa elektron matbuotida bölayotgan tanqidlarning sönganini körganim yöq. Va hammamiz tan olişimiz kerakki, Özbekistonda ommaviy axborot vositalarining tutgan örni juda katta. Biz buni inkor qilişga haqqimiz yöq», — deb qayd etdi Sodiq Safoyev.

Uşbu intervyuda senator muxolifatni jamiyatning barqaror rivojlanişining asosiy faktorlaridan biri deb atadi. «Busiz, tanqidsiz, yaʼni aytaylik, qandaydir bir alternativ fikrlarsiz, jamiyat rivojlana olmaydi», — deb taʼkidladi u. Jamiyat muxolifatning paydo bölişidan manfaatdorligini, lekin u tabiiy ravişda şakllanişi kerakligini aytdi.

×