Şahar hokimligi tovon puli tölaşda ikki xil standartga yöl qöyayotgan körinadi

Şahar hokimligi tovon puli tölaşda ikki xil standartga yöl qöyayotgan körinadi

Oliy sud Toşkent şahar hokimligining kassatsiya şikoyatini uçinçi marotaba rad etdi. Biroq, tovon puli tölaşga doir sud qarorini ijro etiş turli bahonalar bilan ortga surilyapti. Bu bilan prezident topşiriğini bajariş ham paysalga solinmoqda.

Yodingizda bölsa Toşkent şahar hokimligi tadbirkorga öz vaqtida 1 mln dollar bölgan mulk uçun tovon pulini tölamayotgani haqida maqola eʼlon qilgan edik. Unda “Tulpor savdo uyi” MÇJga tegişli 55 sotix yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilgani va 2035 kv.m. maydon bölgan binosi kompensatsiya va yer maydoni keyinçalik berişga doir oğzaki vaʼdalar bilan 2011 yilda buzib taşlangani, örniga 15 sotix böş yerdan bölak heç vaqo berilmagani aytilgandi.

Toşkent şahar iqtisodiy sudi kassatsiya instantsiyasining qarori bilan tadbirkorga 2 mlrd 21 mln söm tovon tölaş böyiça ijro varaqasi şu yilning 1 fevralidan beri ijro etilmay kelayotgani maʼlum qilingandi.

Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan hujjatga köra, hokimlik tomonidan tovon puli tölaşda “ikki xil” standardga yöl qöyilayotgan bölişi mumkin. 2021 yil 11 avgust kuni Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari X.Şakirov raisligida bölib ötgan Toşkent şahar hududiy kuzatuv kengaşi yiğilişida davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalari olib qöyilişi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplaş böyiça markazlaştirilgan jamğarmadan mablağ ajratiş masalasi körib çiqilgan.

Unda 17ta tadbirkorlik subʼekti va jismoniy şaxslardan kelib tuşgan ariza körib çiqilib, yiğiliş natijasi böyiça 15ta tadbirkorlik subʼekti va jismoniy şaxslarga jami 8 mlrd 571 mln söm tovon puli tölaş böyiça Toşkent şahar hokimi qarori loyihasini işlab çiqiş haqida xulosa qilingan.

Uşbu hujjatga ilova qilingan maʼlumotnomada Kun.uz örgangan işga öxşaş holat közga taşlanadi. Yaʼni, bu firmaning ham köçmas mulki buzilgan, yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilgan. Kompensatsiya qisman qanoatlantirilgan. Bu firma sudga murojaat qilmagan bölsa-da, Hududiy kuzatuv kengaşi mazkur MÇJga oradagi tafovut – 1 mlrd 715 mln sömni tovon puli sifatida tölaşga qaror qiladi.

Biroq, bayonnoma ilovasida kimlarning tovon puli tölaşga doir murojaatlarini körib çiqiş rad etilganining sababi ham keltiriladi. Unda:

“Hududiy kuzatuv kengaşining 2019 yil 23 avgustdagi 1-sonli yiğiliş bayonining 1 va 2-ilovalariga asoslantirilgan hujjatlar taqdim qilinmagani” qayd etiladi.

Qolaversa, şahar hokimining birinçi örinbosari Şakirov imzosi bilan, sanaga eʼtibor bering, 2021 yil 24 avgust kuni Dilşod Azamatovga yuborilgan javob xatida:

“Hozirgi kunda, Toşkent şahar sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatining 2021 yil 1 fevraldagi hal qiluv qarori ustidan Toşkent şahar hokimligi tomonidan 2021 yil 19 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatiga kassatsiya şikoyati kiritilgan.

Kassatsiya işi böyiça qabul qilingan qaror asosida Toşkent şahar Hududiy kuzatuv kengaş va uning işçi organi tomonidan kompensatsiya beriş masalasi körib çiqilişini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xatda.

Şu örinda yuqoridagilardan kelib çiqib, qator savollar tuğiladi:

Özbekistonda qaçondan beri şahar hokimining birinçi örinbosari raisligidagi Hududiy kuzatuv kengaşi davlat hokimiyatining uçinçi böğini hisoblanuvçi suddan ustun bölib qoldi?!

Qaçondan buyon Hududiy kuzatuv kengaşining yiğiliş bayoni sud qarori ijrosini töxtatib qöya oladigan darajada kuçga ega bölib qoldi?

Şuning barobarida, Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati şahar hokimligining kassatsiya şikoyatini uçinçi marta ham rad etgan. Şakirov xati mazmunidan kelib çiqilsa, tovon pulini tölaş masalasi Hududiy kuzatuv kengaş va uning işçi organi tomonidan körib çiqilişi kerak edi. Aslida, bu iş amaldagi qonunçilik talablariga zid bölsa ham, sud qarori böyiça ijro varaqasi ham berilgan bölsa-da, hokimlik şu işni ham paysalga solib kelmoqda.

×