13−16 iyul kunlari kuçli yomğirlar yoğişi kutilayotgani sababli Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet agentligi direktori Şerzod Habibullayev ogohlantirdi.
Bildirilişiça, quyidagi hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin:
- Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrabot tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyati: Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida va Şohimardon hududida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida.
Qayd etilişiça, yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududl









