Özbekistonga 17-22 iyul kunlari katta sel kelişi kutilmoqda

Özbekistonga 17-22 iyul kunlari katta sel kelişi kutilmoqda

17-22 iyul kunlari kuçli yomğir yoğişi kutilayotgani sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet agentligi direktori Şerzod Habibullayev ogohlantirdi.

Bildirilişiça, quyidagi hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin:

  • Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrabot tumanlarida;
  • Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
  • Toşkent viloyati Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida.

“Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolarni, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişlarini söraymiz”, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinişiça, respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.


Teglar:
×