Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryodagi maktabda bolalar parta yöqligi sababli polda dars qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov uşbu holatga özining Telegram sahifasida munosabat bildirdi.
“Kimdir jismonan imkoniyati çeklangan bölsada davlatimiz obrösini dunyoga kötarayapti, kimdir tört muçasi soğ bölib, özaro şaxsiy kelişmovçiligi sababli mamlakatimiz obrösini tökişga harakat qilayapti…
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkaboğ tumanidagi maktabda bolalar polda öqiyapti, Şerzod Şermatov biz tomonga bir boqib qöying deb yozilgan xabarga közim tuşib qoldi. Eng alam qiladigani, uşbu maktabga ötgan yili özim borib, xarob ahvolda bölganiga taʼmirlaş dasturiga qöştirgandik. Natijada, 3 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratilib, maktab bu yil taʼmirlanayotgan edi”, deydi vazir.
Uning taʼkidlaşiça, dastlabki suriştiruvga köra, maktabning ayrim özaro qarindoş bölgan öqituvçilari va direktor orasidagi kelişmovçiliklar sababli, bolalarni polga ötkazib, rasmini turli ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqatişgan.
“Aslida, katta miqdordagi taʼmirlaş işi oxirigaça töliq tugab ulgurmaganiga, maktab oçilmasligi, bolalar vaqtinça boşqa maktabda yoki masofadan öqib turişi rejalaştirilişi kerak edi. Şuning uçun ham maktabda yangi mebellar vaqtinça örnatilmagan. Agar juda şoşilinç bölib taʼmirdan çiqqan joyida öqişni taşkil etiş juda zarur bölsa ötgan yilgi mebelni vaqtinça işlatib tursa ham bölar edi. Maktabda öquvçi soni quvvatidan oşiq emas, şunga bir smenada öqişni taşkil etiş uçun joy yetarli.
Şu orqali yarim asr davomida taʼmirlanmagan maktab taʼmirlanayotganiga Yakkaboğdan öziga xos minnatdorçilik bildirişibdi.
Endi buyoğiga prokuratura organlari holatni töliq örganib, tegişli javobgarlik çoralarini körişadi deb umid qilamiz”, deb yozadi Xalq taʼlimi vaziri.









