Boğça direktoriga intizomiy jazo çoralari qöllandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Çortoq tumanidagi 17-sonli maktabgaça taʼlim muassasasida bolalar polda uxlab yotgani aks etgan videomaterial tarqalgandi. Holat yuzasidan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanişiça, mazkur muassasada qisqa muddatli guruhlar mavjud bölib, ularda bolalar bir neça soat davomida şuğullanişadi va kunduzgi uyqu rejasi joriy qilinmagan. Holat yuzaga kelgan kuni bunday guruhlardagi 12 nafar tarbiyalanuvçi ota-onalari vaqtida olib keta olmagani bois boğçada qolib ketgan, kutiş jarayonida esa ular uxlab qolgan.
Vazirlik mazkur muassasada aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar bergan. Şuningdek, boğça direktoriga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.









