Bolalarga zöravonlik haqida xabar beriş uçun koll-markaz işga tuşdi

Bolalarga zöravonlik haqida xabar beriş uçun koll-markaz işga tuşdi

Endi Özbekistonda 1246 qisqa raqami orqali bolalarga zöravonlik haqida xabar beriş mumkin. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bolaga nisbatan zöravonlik, beparvolik yoki uning hayoti va soğliğiga tahdid soluvçi holatlarga guvoh bölganlardan 1246 qisqa raqamli koll-markaziga qönğiroq qiliş söraladi. Bildirilişiça, murojaat qilganlarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

  • Quyidagi holatlarda darhol murojaat qiliş zarur:
  • Bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zöravonlik;
  • Beparvolik va şafqatsiz munosabat;
  • Bolaning hayoti yoki soğliğiga xavf tuğdiruvçi boşqa holatlar.

Hozirda 1246 qisqa raqamli koll-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.


Teglar:
×