Pop tumanida töxtatilgan ikki maşinadan salkam 3 kilogramm opiy musodara qilindi. DXX maʼlumotiga köra, narkotik moddalar Tojikiston va Qirğizistondan olib kirilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov olib borilmoqda.
Namangan viloyatida narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinişiça, Toşkent-Namangan yönalişida harakatlanayotgan Cobalt Pop tumani Ğurumsaroy qişloğida tekşirilgan. Uning yukxonasida 1 kg 874 gr opiy moddasi borligi va u maşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqaroga tegişli ekani maʼlum böldi.
Xizmatning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boşqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda aniqlanişiça, uşbu modda Toşkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uçinçi şaxslar orqali ötkazilgan.
Şuningdek, Namangan-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan Lacetti ham Pop tumanida töxtatilib, közdan keçirilganda 901 gr opiy borligi va u maşinada yölovçi sifatida ketayotgan şaxsga tegişli ekani maʼlum böldi.
Narkotik modda esa Namangan viloyatiga uçinçi şaxslar orqali Qirğizistondan ötkazilgan. Ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq DXX giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi köp bosqiçli tezkor tadbir ötkazib, jarayonda Navoiy va Samarqand viloyatlarida Tojikistondan kirib kelgan 5 kilogrammga yaqin gaşiş va opiy moddalari aniqlangandi. Holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilişi maʼlum qilingan.









