Prokuratura organlari tomonidan sayyor qabullar va yoşlar bilan uçraşuvlar taşkil etiş orqali aholi bilan bevosita muloqot qiliş borasidagi amaliy tadbirlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.



Namangan viloyat prokurori Jahongir Jörayeviç Xatamov tomonidan bugun Pop tumanida ötkazilgan navbatdagi sayyor qabul va yoşlar bilan uçraşuvi bu boradagi tadbirlarning amaliy davomi böldi.
Tadbirda qatnaşgan jami 38 nafar fuqarolardan kredit ajratiş, işga joylaştiriş, aliment undiriş, subsidiya xisobidan inkubator oliş kabi jami 25 dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi va ularning 12 tasi joyida hal etilib, 13 tasi böyiça tegişli idoralarga muddatlar belgilanib, topşiriqlar berildi.



Misol uçun, “Tuman” MFYda yaşovçi fuqaro N.Ğofurovani DT "Xalq bank" tuman filialiga hamda “Çortoq” MFYda yaşovçi fuqaro A.Turğunovni "Art soft holding" MÇJ tasarrufidagi "Maşina traktor parki"ga işga joylaştirilişi ijobiy hal etib berildi.
Murojaatlarni töliq va belgilangan muddatlarda körib çiqilişi nazoratga olindi.









