Karantinda oliy taʼlim muassasalarida onlayn taʼlim olib borilişi munosabati bilan tölov-şartnoma summasini qayta körib çiqiş bilan boğliq masala kun tartibida turibdi.
Talabalar şartnoma narxlarini qayta hisoblaşni, xarajatlarni inventarizatsiyalaşni söraşyapti. OTMlarning tölov-şartnoma xarajatlarini qayta kalkulyatsiya qiliş vaqti kelmadimi?
Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKAda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat test markasi masʼullari iştirok etgan tadbirda töliq maʼlumot berildi.
– Talabalar öz fikr bildirişi, haq-huquqini himoya qilişi bu jinoyat emas, balki bu ularning huquqi, – deydi Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov. – Albatta, bu kabi fikr bildiriş, taklif qoldiriş, haq-huquqini talab qiliş, munosabat bildiriş kabi masalalar uçun vazirlik tomonidan taklif.edu.uz sayti va har bir oliy taʼlim muassasasi rektorining telegram guruhlari taşkil etilgan. Aynan ana şu kanallar orqali talabalar ham, ota-onalar ham, öqituvçilar yoki, umuman barça fuqarolar ham öz takliflarini bildirişlari va munosabatlarini qoldirişlari mumkin. Bu kabi tuşunmovçiliklar aynan qaysi oliy taʼlim muassasasi, yönaliş haqida ketayotgani aniq aytilsa, biz bu borada yordam beramiz. Bu yil kontrakt miqdorini özgartiriş rejada yöq.
Şuningdek, Prezidentga murojaat portali pm.gov.uz da ham «Taʼlim, fan va madaniyat» bölimi orqali murojaat qilişlari mumkin. Bularning barçasiga vazirlik yoki murojaat qilingan boşqa organ tomonidan rasmiy javob qaytariladi.
Agar mana şu rasmiy va qulay yöllaridan foydalanmay, boşqa yöl orqali talabalar harakat qilgan bölsa va kimningdir tösiğiga uçragan bölsa ham, bu tösqinlik qiluvçi organ Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi emasligini qayd etildi.









