Namanganda aka ukasini döpposlagan yigitni piçoqlab, öldirib qöydi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Voqea 2021 yil 6 sentyabr kuni Töraqörğon tumani, Şahand qişloğida yuz bergan. Şu kuni soat 08:30 atrofida 1992 yilda tuğilgan Bahodir Aliyev (ism-şariflar özgartirilgan) özaro tortişuv tufayli özidan ikki yoş kiçik Javohir Ahmedovni urib, unga tan jarohati yetkazadi.
Voqea joyiga Javohirning 31 yoşli akasi yetib keladi. U Bahodir Aliyevning kökrak va yelkasiga özi bilan olib kelgan oşxona piçoği bilan ikki marta urib, qasddan öldiradi.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Töraqörğon tumani filialining dastlabki maʼlumotnomasida Bahodir Aliyevning ölimi taşqi va içki qon ketişi hamda nafas yetişmovçiligi oqibatida kelib çiqqani körsatilgan.
Uşbu holat böyiça tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, qotillikni sodir etgan şaxs qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB boşliği Odil Otaxöjayev va tuman hokimi Zulayho Mahkamova iştirokida muhokama yiğilişi ötkazildi. Unda yuz bergan hodisa tahlil qilinib, uning kelib çiqişiga aslida kiçik bir kelişmovçilik va tuşunmovçilik sabab bölgani aytib ötildi. Bu kabi jinoyatlar sababi örganilganda aksariyati muqim iş örniga ega bölmagan, notinç oilalarda yaşayotgan fuqarolar tomonidan sodir etilayotgani taʼkidlandi va masʼullar ogohlikka çaqirildi.









