Namanganda IIB tadbirkorni qamoqqa oldi

Namanganda IIB tadbirkorni qamoqqa oldi

Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida istiqomat qilgan va ayni damlarda hibsda saqlanayotgan Rahmonov Baxtiyorning akasi Qahramon Rahmonov murojaat qilib ukasi nohaq qamalib ketganini aytib adolat söramoqda. Bu qançalik asosli yoki yöq? Vaziyatni örganiş uçun Effect.uz xodimi Sayfullo Isaxonov jurnalistik suriştiruv olib bordi.

Ukam mol boqişga qiziqqan. Rossiyaga ham borib işlab kelgan. Iş vaqti davomida uç nafar aka-uka Inomjonovlar bilan tanişib qolgan. Oradan salgina vaqt ötib ular ukamga şeriklik taklif qilib, uning çorvaçilikka yaxşi tuşunişini hamda Rossiyadagi çorvaga ixtisoslaşgan biznesni, Özbekistonga köçirib kelişi böyiça, mollarning savdo-sotiği borasida yordam berişini söraydi.

Çorva mollari olib kelinganidan söng ularni ötkaziş yaʼni sotiş zimmasini olgan ukam mollar qatori otlarning ham pullarini Inomjonovlar bilan özaro kelişgan holda Uçqörğondagi Salim ismli fermerga jönataveradi.  Şu bilan boşqa hamkorlik qilmagan va taʼminotçiligini qilib yuravergan. Mollarni qonuniy qilib tarqatgan.

Salim esa ukamning ustidan Içki işlar organlariga yozib bergan.  IIB  vaziyatni oxirigaça örganmay turib,  2021 yil 30 avgust kuni JKning 221-moddasi bilan ukamni gumondor sifatida qamab qöygan!”

Murojaatçi mol savdosi ularga ota kasb bölganini ham qöşimça qilib ötdi:

“Oldindan mol savdosi bilan şuğillanamiz. Ukam şu paytgaça Salim bilan Inomjonovlar örtasida nima voqealar bölgan bölsa, faqat guvoh sifatida röyxatdan ötgan. Tergovda, hattoki sudda. Ukamning aybi bölsa Içki işlar nima sababdan öşa tergovlar paytida jazolamagan? Salim va Inomjonovlar hamma işni qilişgan lekin nima uçun örtada ukam vositaçi bölib qolişi kerak? Turli moddalar bilan aybdor qilib taşlaş qançalik töğri?!” – dedi murojaatçi.

Şuningdek, Qahramon Rahmonov ukasi istiqomat qiladigan xonadon haqida ham töxtaldi:

“Agar ular aytayotgan pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborganida, qurilgan uyi 2013 yildan beri çala yotmagan bölar edi.  Darvozalari ham yöq. Hamma joyi oçilib yotibdi

Salim 18 ta yuk maşinasidagi mollarni sotayotganida ukamni uşlab olgan eka, xöp nima uçun öşa payda tegişli joyga yozib bermagan? Bu ğalati holat emasmi?” – deya sözlariga yakun yasadi Rahmonov.

Teglar:
×