Şimoliy Makedoniyaning Tetovo şahrida koronavirusga çalingan bemorlar davolangan şifoxonada çiqqan yonğinda 10 kişi halok böldi. Bu haqda respublika soğliqni saqlaş vaziri Venko Filipçe maʼlum qildi. Biroq “Alsat-M” telekanalining xabar berişiça, baxtsiz hodisa qurbonlari 14 kişini taşkil qilmoqda.
Bundan taşqari, 20ga yaqin odam jabr körgan. Yonğinni öçirişda 30ga yaqin öt öçiruvçi iştirok etgan.
“Ayni vaqtda yonğin oqibatida 10 kişi halok bölgani tasdiqlandi. Biroq qurbonlar soni oşişi mumkin”, deb yozgan Twitter’da Filipçe. Vazir qurbonlar va jabrlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Filipçening taʼkidlaşiça, yonğin öçirilgan, jabrlanganlar poytaxt Skopedagi şifoxonalarga köçirilgan. Tetovoda boş vazir Zoran Zayev boşçiligida inqiroz ştabi iş olib bormoqda. Yonğin sabablari aniqlaştirilmoqda.









