Innovatsion rivojlaniş vazirligi özbek-xitoy vaktsinasining işlab çiqariş jarayoni yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, vaktsina Xitoy Fanlar akademiyasi mikrobiologiya instituti hamda Özbekiston innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi va Soğliqni saqlaş vazirligi, Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda yaratilgan. Vaktsina sut emizuvçilar hujayrasidan olingan S oqsili bölib, oqsil emlangan kişi immun tizimida virusni zararsizlantiradigan antitanalarni işlab çiqaradi. Rekombinant oqsil subbirliklariga asoslangan vaktsina bioxavfsizligi kafolatlangan.
Qayd etilişiça, vaktsinani işlab çiqariş jarayoni bir neçta bosqiçdan iborat. Vaktsina hujayralar banki minus 80 daraja haroratda saqlanadi. Avval bankdan maʼlum miqdorda hujayralar olinib, 125 litrlik sunʼiy muhitda köpaytiriladi. Söngra 1000 litrlik reaktorlarga ötkazilib, u yerda oziqlantiriş, kislorod bilan töyintiriş orqali hujayralarning köpayişiga erişiladi. Şunday qilib, vaktsinalar sintezi röy beradigan hujayralar biomassasi yetiştiriladi.
Taʼkidlanişiça, sintezlangan vaktsina miqdori yetarli bölgaç, tozalaş jarayoniga ötiladi. Bu jarayon öta muhim bölib, yakuniy mahsulot biror bir aralaşmalarsiz, sof holatda bölişi zarur. Tozalangan oqsilli vaktsinaga adyuvant bölib xizmat qiladigan alyuminiy gidrooksidi qöşiladi va quyiş liniyasiga jönatiladi.
Şundan söng vaktsina bir doza vaktsinani öz içiga oladigan 0,5 milligrammlik flakonlarga quyiladi, usti yopiladi va qadoqlanadi. Özbek-xitoy vaktsinasining 3 fazali klinik sinovlari natijalariga köra, 3 dozadan söng vaktsina samaradorligi barça ştamlar uçun 81,76 foiz, britança ştamga qarşi esa 92,93 foizni taşkil etadi.
Avvalroq özbek-xitoy vaktsinasi Özbekistonda qaçondan işlab çiqarilişi va vaktsina yaratilişida paxta ğözasini örgangan özbek olimlari qatnaşgani maʼlum qilingan.









