Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan özbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana 1 million dozasi Xitoydan Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Vaktsinaning 1 million dozalik avvalgi partiyasi şu yilning 27 mart kuni keltirilgan edi.
Maʼlum qilinişiça, şu kungaça Özbekistonda vaktsinatsiya jarayonlari uçun jami 1660 ming doza vaktsina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgaça emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, yaʼni 263 ming nafardan ortiği ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.
ZF-UZ-VAC2001 bilan emlaniş 65 yoş va undan katta yoşdagi emlanivçilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni taşkil qilgan.
“Keça, 26 aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni taşkil qilib, uşbu vaktsina bilan kunlik emlaniş körsatkiçi 68 foizga yetgani ham eʼtiborga loyiq”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şuningdek, AstraZeneca vaktsinasining ham yangi patriyasini keltiriş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.









