Oğziga ğişt bölagi tölgan erkakning jasadi topildi

Oğziga ğişt bölagi tölgan erkakning jasadi topildi

Rossiya poytaxti Moskva şahrida oğzida ğişt bölagi bölgan özbekistonlik erkakning jasadi topildi. Bu haqda «Izvestiya» naşri xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, erkakning murdasi mahalliy aholi vakili tomonidan Ryabinovaya köçasidan topilgan. Marhumning yonida Ryazan viloyatida vaqtinça röyxatdan ötgani hamda 1990 yilda Özbekistonda tuğilganini tasdiqlovçi hujjatlar bölgan.

Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan dastlabki körik natijalariga köra, erkakning boş sohasida turli jarohatlar, qölida kökariş, oğzida esa yot buyum (ğişt bölagi) aniqlangan. U ölimidan taxminan ikki kun ötib topilgan.

Hozirda Rossiya Içki işlar vazirligi xodimlari Oçakovo-Matveyevsk hududida hodisa sabablarini örganmoqda.

Avvalroq Rossiyada qabriston yaqinidan özbekistonlik yigitning jasadi topilgani xabar berilgan. Şuningdek, özbekistonlik erkak novvoylik qiliş uçun borgan joyida vafot etgani maʼlum qilingandi.

×