Özbekistonlik talabalar xorijda amaliyot ötaş imkoniga ega böladi

Özbekistonlik talabalar xorijda amaliyot ötaş imkoniga ega böladi

OTMlarda xalqaro munosabatlar sohasida öqiyotgan talabalarning amaliyoti mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro taşkilotlar huzuridagi vakolatxonalarda taşkil etiladi.

Bu Hukumatning 31 avgustdagi qarorida qayd etilgan.

Amaliyot bir öquv yilida bir marta 10 kundan kam bölmagan va 30 kundan köp bölmagan muddatlarda, 2 bosqiçda amalga oşiriladi. Bu davrda stipendiyalar saqlab qolinadi.

Birinçi bosqiçda OTM xorijiy tillarni mukammal özlaştirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining röyxati va ularga berilgan tavsiyanomalar har yili 1 iyulgaça TIVga taqdim etiladi.

Saralab olişda talabalardan S1 darajasidagi sertifikat, özlaştiriş körsatkiçlari 80 ball va undan yuqori bölişi, fanlardan qarzdorlik bölmasligi talab etiladi.

Ikkinçi bosqiçda nomzodlar TIVda qabul qiluvçi taşkilot talablari va ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda taqsimlanib, 20 iyulgaça suhbatdan ötkaziladi.

×